Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

Konate "Real Madrid"dan taklif kutmoqda

Konate "Real Madrid"dan taklif kutmoqda

Baho:
+ | -

"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Diario AS nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi "Real"ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda. U Madrid klubidan keladigan taklifni kutishga tayyor. Konate hozirgacha "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgani yo‘q. Shuningdek, u Yevropaning bir nechta jamoalaridan tushgan takliflarni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, Ibraima Konate 2021 yilda "RB Leypsig"dan "Liverpul"ga 40 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda himoyachi ingliz klubi safida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 18:39, 31.03.2026.
O'qildi: 1171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик