Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Terri: "Ilgari futbolchilar "Chelsi"da o‘ynash uchun "Real" va "Barselona"dan ketishardi"

Terri: "Ilgari futbolchilar "Chelsi"da o‘ynash uchun "Real" va "Barselona"dan ketishardi"

Baho:
+3 | -

"Chelsi"ning sobiq sardori Jon Terri jamoa yarim himoyachisi Enso Fernandes va himoyachi Mark Kukurelyaning so‘zlariga munosabat bildirdi. Avvalroq argentinalik futbolchi "Real"ga, ispaniyalik esa "Barselona"ga o‘tish imkoniyatini inkor etmagan edi.

"Chelsi" endi avvalgidek klub emas. Pedro, Sesk Fabregas, Klod Makelele va Samuel Eto'O kabi yulduzlar "Chelsi"da o‘ynash uchun "Barselona" va "Real"dan ketishgan. O‘sha paytda futbolchilar "Chelsi"ga o‘tishdan bosh tortishmasdi.

Ammo bugungi kunda futbolchilar "Chelsi"ni tark etib, La Ligaga o‘tishni xohlashmoqda. Klubning nomi so‘nib borayotgandek tuyulyapti", — dedi Terri.

Jon Terri 1998 yildan 2017 yilgacha "Chelsi" sharafini himoya qilgan. Himoyachi "ko‘klar" safida jami 717 ta o‘yin o‘tkazib, 67 ta gol va 29 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 19:15, 31.03.2026.
O'qildi: 990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик