Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Vinisius Braziliya terma jamoasida o‘zini ko‘rsata olmayapti

Vinisius Braziliya terma jamoasida o‘zini ko‘rsata olmayapti

Baho:
+ | -

«Real» vingeri Vinisius Junior Braziliya terma jamoasining Xorvatiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida (3:1) gol ura olmadi.

Shunga qaramay, 25 yoshli futbolchi golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda u to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib bordi va chiroyli tarzda burilib, bir yo‘la uchta raqibni ojiz qoldirdi. Shundan so‘ng Daniloga to‘pni yetkazib berdi va u hech qanday qarshiliksiz darvozani aniq nishonga oldi.

Vinisius 67-daqiqada zaxiraga olindi. Uning terma jamoadagi golsiz seriyasi 5 ta o‘yinga yetdi — u oxirgi marta shu yilning oktyabr oyida Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (5:0) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Vinisius Braziliya terma jamoasi safida faoliyati davomida jami 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 08:59, 01.04.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик