Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

«Barselona» darvozaboni Ispaniya terma jamoasidagi raqobat haqida gapirdi

«Barselona» darvozaboni Ispaniya terma jamoasidagi raqobat haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya Ispaniya terma jamoasi safidagi debyutidan so‘ng intervyu berdi.

24 yoshli futbolchi «qizil furiya» libosidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi — u Misrga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvining (0:0) ikkinchi bo‘limida David Rayyani almashtirdi. Bundan avvalgi Serbiyaga qarshi bahsda (3:0) ispaniyaliklar darvozasini Unay Simon qo‘riqlagan edi.

«Simon va terma jamoaning boshqa barcha darvozabonlari bilan munosabatlarim a’lo darajada. Agar meni Jahon chempionatiga chaqirishsa, bundan juda xursand bo‘laman, lekin hozir yana bor e’tiborimni "Barselona"ga qaratishim lozim», — dedi Joan Garsiya o‘z intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Unay Simonni o‘z jamoasining «birinchi raqamli» darvozaboni deb hisoblashini ochiq tan olgan edi.

Kiritildi: 12:45, 01.04.2026.
O'qildi: 152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик