Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Roma» bosniyalik yangi yulduzga qiziqish bildirmoqda

«Roma» bosniyalik yangi yulduzga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Roma» klubi «Zalsburg» vingeri Kerim Alaybegovichga jiddiy qiziqish bildirmoqda. 18 yoshli iste’dod egasi Bosniya va Gersegovina terma jamoasining JCH-2026 saralash bosqichidagi hal qiluvchi o‘yinda Italiya ustidan qozonilgan g‘alabasida muhim rol o‘ynadi.

Futbolchining «Roma»ga o‘tishi uchun jamoa afsonasi Miralem Pyanich asosiy sababchi bo‘lishi mumkin. U yosh futbolchiga shaxsan «jallorossi»ni tanlashni maslahat bergan. Corriere dello Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchini «Vulverxempton» skautlari ham kuzatib borishmoqda.

Ushbu transfer haqiqatga aylanishi uchun «Roma» ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, Leverkuzenning «Bayer» klubi «Zalsburg» futbolchisini qayta sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquqqa ega. Futbolchi Bundesligaga 18-20 million yevro evaziga yo‘l olishi mumkin.

Kiritildi: 22:45, 02.04.2026.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик