Kirish Ro'yxatdan o'tish

Del Pyero Italiya terma jamoasi uchun munosib murabbiy nomini aytdi

Del Pyero Italiya terma jamoasi uchun munosib murabbiy nomini aytdi

Baho:
+1 | -

Turinning «Yuventus» klubi sobiq hujumchisi Alessandro Del Pyero Italiya terma jamoasi boshqaruvida Jennaro Gattuzoning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiy nomzodini ilgari surdi.

«Skuadra adzurra»ning yangi ustozi kim bo‘lishi mumkin? Menimcha, Antonio Konteda bu ish uchun barcha zarur fazilatlar mujassam. Uni asosiy nomzod sifatida ko‘rsatgan bo‘lardim», — deya sobiq futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports Italia.

Eslatib o‘tamiz, saralashning hal qiluvchi o‘tish o‘yinida Italiya terma jamoasi kutilmaganda Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:1, penaltilar bo‘yicha 1:4). Shu tariqa, «Skuadra adzurra» qatorasiga uchinchi bor Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:33, 03.04.2026.
O'qildi: 1647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик