Kirish Ro'yxatdan o'tish

Federal sud "Mayns"ning Falastinni himoya qilgan Anvar El-G‘oziy ishi bo‘yicha apellyasiyasini rad etdi. Futbolchi tovon puli oladi

Federal sud "Mayns"ning Falastinni himoya qilgan Anvar El-G‘oziy ishi bo‘yicha apellyasiyasini rad etdi. Futbolchi tovon puli oladi

Baho:
+ | -

Anvar El-G‘oziy ishi bo‘yicha «Mayns» klubi tomonidan berilgan apellyasiya rad etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 7 oktyabrda Falastin-Isroil mojarosi keskinlashganidan so‘ng, Anvar ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozgan edi: «Bu mojaro ham, urush ham emas. Bu genosid va ommaviy qirg‘in, biz esa buni jonli efirda kuzatyapmiz». U o‘z murojaatini Falastinni ozod qilish haqidagi shior bilan yakunlagan, biroq keyinchalik postni o‘chirib tashlagan edi. Klub futbolchini mashg‘ulotlar va o‘yinlardan chetlatdi.

2023 yilning noyabr oyida Germaniya klubi niderlandiyalik yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qildi. Futbolchi Mayns mehnat nizolari sudiga murojaat qilib, ishni yutib chiqdi. Sud klub zimmasiga futbolchiga 1,5 million yevro to‘lash majburiyatini yukladi. «Mayns» ushbu qaror ustidan apellyasiya bergan edi.

Bugun Erfurtdagi Federal mehnat nizolari sudi avvalgi instansiyalar qarorini o‘z kuchida qoldirish haqida hukm chiqardi. Shu tariqa, klub baribir futbolchiga tegishli mablag‘ni to‘lashga majbur bo‘ladi — ushbu qaror ustidan shikoyat qilish mumkin emas.

Allgemeine Zeitung nashrining ta’kidlashicha, El-G‘oziy, shuningdek, 1,2 million yevro miqdoridagi zararni qoplashni talab qilish niyatida — katta ehtimol bilan, ushbu sud jarayoni yaqin orada boshlanadi.

Hozirda Anvar Qatarning «Al-Sayliya» klubi sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 16:19, 03.04.2026.
O'qildi: 979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик