Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqib standart vaziyatlarda bizga ancha qiyinchilik tug‘dirdi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqib standart vaziyatlarda bizga ancha qiyinchilik tug‘dirdi"

Baho:
+ | -

«Nasaf» – «Andijon» bellashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev qatnashdi.

— Maydonda sifatli va tartibli bo‘lishga harakat qildik. Yigitlar maydonda ko‘p mehnat qilishdi. Shuning evaziga ishonchli g‘alabaga erishdik. Raqib jamoa bizga standart vaziyatlarda ancha qiyinchilik tug‘dirdi. Futbolchilarimiz pozision va qarshi hujumlarda mazmunliroq ko‘rinishdi. G‘alaba yoqimli va uzoq yo‘l bosib kelgan muxlislarimizni tabriklayman.

— Murod Rahmatov faoliyatidagi 8-golini urdi. Qizig‘i, urgan gollarida «Nasaf» 7 marta yutgan va 1 bor durang o‘ynagan. Uning progresi haqida nima deya olasiz?

— Menga bu statistika juda qiziq tuyuldi. Bu Murodning sakkizinchi goli bo‘lganini bilmas ekanman. Murod universal o‘yinchilarimizdan biri. Himoyada va qanot himoyasida ham uning bizga ko‘p yordami tegadi. Rahmatov bugungi uchrashuvda muhim golni urdi. Lekin bahs oxirida toliqib qolgani — bir hafta biz bilan shug‘ullanmagani ta’sir qildi. Nafaqat unda, balki Alibek, G‘olib kabi futbolchilarimizda jarohatlar borligi uchun oxirgi nazorat uchrashuviga ularni jalb qilmagan edik. Murodning universalligi biz uchun juda ham muhim. Asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lib, doimo katta hajmdagi ishni bajaryapti. Bu yoqimli. U tajribasini yanada oshirib borishi kerak.

— Mavsum oldidan «Nasaf»ni yetakchilar tark etganida endi jamoa qanday harakat qiladi, degan savollar ko‘paygandi. O‘tgan turda «Surxon»ga yutqazilganida tanqidiy fikrlar bo‘ldi. FIFA kunlarida qanday ishlar olib borildi?

— Tanqidlar har doim bo‘lgan, bunga ko‘p e’tibor qaratmaymiz. O‘yinimizni shakllantirib borishimiz kerak. 10 ga yaqin tajribali futbolchilarimiz ketganidan keyin turli fikrlar bildirildi. Shunga qaramay, jamoa mavqeini saqlab qolishimiz kerak. Imkoniyatimizdan kelib chiqib, jamoaviy o‘yinni shakllantirishga ko‘proq urg‘u berdik. Qolaversa, ruhiy tomondan ham yaxshi ishlov bersak, bu natija berishini bilamiz. Yana bir maqsadlarimizdan biri — yoshlarimizni tajribasini orttirib borishimiz kerak. Bugungi o‘yinimiz tahsinga loyiq bo‘ldi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:05, 04.04.2026.
O'qildi: 225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик