Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» «Real»ga Enso Fernandesning narxini e’lon qildi

«Chelsi» «Real»ga Enso Fernandesning narxini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Enso Fernandes Madridning «Real» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Chelsi» argentinalik futbolchi borasidagi o‘z pozisiyasini o‘zgartirgan va endilikda «Real» bilan muzokaralar olib borishga tayyor. Ta’kidlanishicha, «ko‘klar» yarim himoyachini 100 million yevroga yaqin summaga sotib yuborishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fernandes Madridga ko‘chib o‘tishni istashi haqida bayonot bergan edi. Ushbu so‘zlari tufayli «Chelsi» rahbariyati futbolchini ikkita o‘yinga chetlatish haqida qaror qabul qilgandi.

Joriy mavsumda 25 yoshli xavbek barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:52, 04.04.2026.
O'qildi: 5324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик