Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

FIDE o‘zbekistonlik shaxmatchi haqida: “Porlayotgan Sindarov”

FIDE o‘zbekistonlik shaxmatchi haqida: “Porlayotgan Sindarov”

Baho:
+ | -

FIDE Nomzodlar turnirining beshinchi turida Javohir Sindarov Hikaru Nakamurani mag‘lub etib, besh turdan so‘ng 4,5 ochko jamg‘arishga erishdi. O‘tgan turda Sindarovdan mag‘lub bo‘lgan Fabiano Karuana ham Mattias Blyubaum ustidan g‘alaba qozonib, peshqadamga bosim o‘tkazishda davom etmoqda. FIDE Javohir Sindarovning yorqin starti haqida maqola e’lon qildi.

Bir kunlik tanaffusdan so‘ng ko‘pchilik shaxmatchilarni yangi g‘oyalar, nazariy yangiliklar va katta energiya bilan qaytishini kutgan edi – va bu tur kutilgan natijani berdi.

Shubhasiz, kunning eng muhim bahsi oq donalarda o‘ynagan Hikaru Nakamura va turnir peshqadami Javohir Sindarov o‘rtasida kechdi. Nakamura bu o‘yinni birinchi o‘rin uchun kurashishdagi so‘nggi haqiqiy imkoniyati ekanligini ta’kidlagan edi.

Sindarov “uchburchak tizimi”ni tanladi, ammo Nakamura bunga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan holda, oxir-oqibat ikkita piyodani qurbon qilishni ko‘zda tutadigan asosiy liniyaga kirdi.

“Kecha dam olish kuni bo‘lgani uchun tayyorgarlik ko‘rishga vaqtim ko‘p bo‘ldi. Bu gambit juda ayyorona, agar birorta liniyani esdan chiqarsangiz, darhol yutqazishingiz mumkin, lekin men kecha hammasini sinchiklab tekshirib chiqqan edim”, — dedi Sindarov uchrashuvdan keyingi intervyusida.

Har ikki o‘yinchi debyut yurishlarini O‘zbekiston terma jamoasida Sindarovning jamoadoshi bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov (2780) va Arjun Erigaisi (2751) o‘rtasidagi yuqori darajadagi o‘yinni takrorlagan holda juda tez amalga oshirishdi. Hikaru Nakamuraning aynan qachon nazariyadan chiqqanini aniqlash qiyin, ammo ko‘p o‘tmay u tashabbusni saqlab qolish uchun yana bir piyodadan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Ushbu vaziyatda, vaqti juda kam qolgan Nakamura 20-yurishda shohni h1 katagiga (Kh1) yurishini tanladi va unga javoban Sindarovning “ot d4” (Nd4) yurishidan keyin hammasi hal bo‘ldi.

Javohir Sindarov himoyani to‘liq nazorat ostida ushlab turdi. Aniq hisob-kitob bilan u Nakamuraning barcha hujum imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi va o‘yinni butunlay yutuqli bo‘lgan har xil diagonalli fillar endshpiliga (yakuniy qism) o‘tkazdi.

O‘z natijasi haqida gapirar ekan, Sindarov buni ham tayyorgarlik, ham sport formasida ekanligi bilan izohladi:

“Menga shunchaki avvaldan tayyorlagan variantlarim tushayotgani uchun omadim kelyapti. Shuningdek, u bir soat o‘ylab, noto‘g‘ri yurish qildi. Men esa imkoniyatdan foydalanib, nazarimda, juda yaxshi o‘ynadim”.

Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindarov jahon shaxmat toji uchun kurashish imkonini beruvchi ushbu nufuzli turnirda qatnashayotgan ilk o‘zbekistonlik shaxmatchi hisoblanadi.

Sindarov 5 turda 4 ta g‘alaba qayd etib, Nomzodlar turnirida eng yaqin ta’qibchisi Fabiano Karuanadan 1 ochkoga oldinda bormoqda. Turnir boshlanishidan avval asosiy favorit sifatida e’tirof etilgan barcha shaxmatchilar (Karuana, Praggnanandhaa, Nakamura) 5-tur yakunidayoq Javohirga mag‘lub bo‘lishga ulgurdi. Shuningdek, u ketma-ket 3 ta turda “kunning eng yaxshi o‘yinchisi” deb topildi. Musobaqa avvalida dunyo reytingida 20-o‘rinda bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchi 4 ta yorqin g‘alabadan keyin onlayn reytingda 5-o‘ringa ko‘tarildi. Bu esa tarixda ilk bor dunyoning top-5 taligida ikki o‘zbekistonlik shaxmatchi bo‘lishini anglatadi.

Yana bir qiziqarli fakt: turnir boshida Javohirning g‘alaba qozonish ehtimoli 15 foizga baholangan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 70 foizga yetgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:36, 04.04.2026.
O'qildi: 1040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик