Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

“Jamoang olov ichida, Madrid haqida gapirishni to‘xtat” — Mourinyo Ensoga maslahat berdi

“Jamoang olov ichida, Madrid haqida gapirishni to‘xtat” — Mourinyo Ensoga maslahat berdi

Baho:
+2 | -

Portugaliyaning “Benfika” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Enso Fernandesning shov-shuvli intervyusiga munosabat bildirdi.

“Sen Madridni go‘zal deyapsan. Albatta, u yer go‘zal. Shuningdek, Parij ham. London ham. Ammo go‘zallik senga chempionlik keltirmaydi. G‘oliblikni mentalitet ta’minlaydi. Men "Chelsi"da bo‘lgan paytimda, o‘yinchilarim boshqa klublar haqida gapirishmasdi. Nima uchun? Chunki ular g‘alaba qozonish bilan band bo‘lishardi. Sen "Real Madrid"ni xohlaysanmi? Madrid hordiq chiqaradigan joy emas. U yer — bosim, tarix va mas’uliyat”, — deydi Mourinyo.

Portugaliyalik mutaxassis “Real Madrid”dagi bosim haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Madridda agar bitta o‘yinni yomon o‘tkazsang, muxlislar hushtakbozlik qiladi. Ikkita o‘yinda yomon o‘ynasang, OAV seni ‘o‘ldiradi’. Uchta yomon o‘yin bo‘lsa, tamom, sen tugading. Jamoang qiynalayotgan bir paytda boshqa klub haqida gapiryapsanmi, bu yetakchilik emas, balki diqqatni chalg‘itishdir. Avval olovni o‘chir, Madrid haqida gapirishni kamaytir. Ko‘proq ‘Real Madrid’ o‘yinchilaridek harakat qil”.

Ma’lumot o‘rnida, Mourinyo 2010–2013 yillarda “Real Madrid”ni boshqargan. Ushbu davrda madridliklar Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Enso Fernandes Madridning “Real” klubi uchun asosiy transfer nishoni hisoblanadi. Avvalroq 25 yoshli argentinalik futbolchi Madridning “Real” klubiga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Fernandes intervyularidan birida Ispaniya poytaxtida yashash istagi borligini aytib o‘tgan.

Bu klub ichida turli munozaralarga sabab bo‘lgan va “Chelsi” bosh murabbiyi Liam Rosenyor argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandes London jamoasining navbatdagi ikkita o‘yini uchun qaydnomadan chiqarilganini ma’lum qildi.

Guardian nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “Chelsi”da hamma ham yarim himoyachining o‘yinidan hayratda emas. Ba’zilar uning ketishi jamoa uchun falokat bo‘lmaydi deb hisoblamoqda. Shunga qaramay, londonliklar 25 yoshli o‘yinchi uchun baribir katta miqdorda mablag‘ talab qilishi kutilmoqda.

“Real” esa so‘ralayotgan taxminiy 100 million funt sterling (deyarli 115 million yevro) miqdoridagi mablag‘ni to‘lash niyatida emas. Enso Fernandesning “Chelsi” bilan shartnomasi 2032-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida futbolchining bozor qiymati 90 million yevro etib belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:51, 04.04.2026.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик