«Chelsi» vingeri Estevao Villian Angliya Kubogi chorak finali doirasidagi «Port Veyl»ga qarshi bahsda raqibni ayab o‘tirmadi — u o‘z hisobiga gol va golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Braziliyalik futbolchi fevral oyidan beri ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi va raqibning tor-mor etilishida (7:0) faol ishtirok etdi.
«Estevao uchun chegara yo‘q. Biz uni juda sog‘ingan edik. U maydonga tushadi va shunchaki o‘z o‘yinini ko‘rsatadi, doimo to‘p bilan muomala qilishni istaydi. Maydonning qaysi qismida bo‘lmasin, u hamisha raqiblar uchun xavf tug‘dira oladi», — deya «ko‘klar» bosh murabbiyi Liam Rosenyorning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
18 yoshli futbolchi jarohati sabab bir oyga yaqin vaqtni o‘tkazib yuborgan edi. Uning safga qaytishi «Everton» bilan bahsda yuz bergandi — o‘shanda u zaxiradan maydonga tushgan edi.













