Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Manchester Siti» «Liverpul»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogida rekord o‘rnatdi

«Manchester Siti» «Liverpul»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogida rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Angliya Kubogining 1/4 finalida «Manchester Siti»ning «Liverpul» ustidan qozongan g‘alabasi (4:0) klub uchun ushbu turnir doirasidagi o‘z maydonida ketma-ket 18-g‘alaba bo‘ldi. Bu «Siti»ga qariyb 150 yil davomida saqlanib kelgan yangi rekordni o‘rnatish imkonini berdi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Bundan avvalgi rekord 1873 yilning dekabridan 1881 yilning fevraligacha davom etgan bo‘lib, o‘shanda «Klepxem Rovers» o‘z maydonida ketma-ket 17 ta o‘yinda g‘alaba qozongan edi (ushbu klub 1914 yilda tarqatib yuborilgan).

Shuningdek, ushbu g‘alaba «Manchester Siti»ga ketma-ket sakkizinchi bor turnir yarim finaliga chiqish imkonini berdi va bu boradagi o‘z rekordini yangiladi. «Siti» 2018 yilda «Uigan»ga yutqazganidan beri Angliya Kubogida safar o‘yinlarida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

Agar jamoa joriy mavsumda yana bir g‘alabaga erishsa, tarixda ketma-ket to‘rt marta Angliya Kubogi finaliga chiqqan ilk jamoaga aylanadi.

Kiritildi: 14:53, 05.04.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик