Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Bissuma "Tottenxem"ni tark etishga qaror qildi

Bissuma "Tottenxem"ni tark etishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Iv Bissuma katta ehtimol bilan joriy mavsum yakunlanganidan keyin "Tottenxem"ni tark etadi.

Football FanCast nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi London klubi murabbiylarining o‘ziga bo‘lgan munosabatidan norozi. U shu yozda jamoadan ketish uchun "shporlar" bilan shartnomani uzaytirish bandidan voz kechmoqchi.

Bundan tashqari, Bissuma bir necha bor haftasiga 55 ming funt sterlingni tashkil etuvchi maoshini oshirishni so‘ragan, biroq klub rahbariyati buni rad etgan.

Iv Bissuma 2022 yilda "Brayton"dan 29 million yevro evaziga "Tottenxem"ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "shporlar" safida bor-yo‘g‘i 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham natijali harakatni amalga oshirmadi.

Kiritildi: 16:05, 05.04.2026.
O'qildi: 481 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик