Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Nadal: «Real» chempionlik poygasi bilan xayrlashib bo‘ldi»

Nadal: «Real» chempionlik poygasi bilan xayrlashib bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq futbolchisi, mashhur tennischi Rafael Nadalning amakisi Migel Anxel Nadal «Real»ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklari haqida o‘z fikrini bildirdi. Madridliklar La Liganing 30-turida «Malyorka»ga imkoniyatni boy berishdi (1:2).

«Malyorka»ning «Real» ustidan qozongan ajoyib g‘alabasi. Madridliklar juda sust ambisiya va dinamika namoyish etishdi. Buni tushunish qiyin, ammo «Malyorka» uchun bu natija La Ligada jon saqlab qolish yo‘lidagi o‘ta muhim uch ochkoni anglatadi.

Futbolda, umuman sportda bo‘lgani kabi, oxirigacha kurashish kerak. Ammo «Barselona»ning g‘alabasi va «Real»ning mag‘lubiyatini hisobga olsak, menimcha, madridliklar chempionlik bilan allaqachon xayrlashib bo‘lishdi. Agar jamoaning hozirgi darajasini «Barselona» ko‘rsatayotgan o‘yin bilan solishtirsak, vaziyatni o‘z foydasiga burib yuborish o‘ta murakkab bo‘ladi. Kim aybdor? Murabbiy doimo mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi, lekin menda asosiy ayb ikki futbolchida degan noxush his bor. Meni eng ko‘p hayron qoldirayotgan narsa — «Real» o‘yinida dinamikaning yo‘qligi», — deya Migel Nadalning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.

«Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 69 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Barselona»dan yetti ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 13:16, 06.04.2026.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик