Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

“Manchester Siti” Gvardiolaga ikki nafar o‘rinbosar topdi

“Manchester Siti” Gvardiolaga ikki nafar o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

Pep Gvardiolaning “Manchester Siti”dagi kelajagi borasidagi mavhumlik klub rahbariyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar imzolangan bo‘lsa-da, kataloniyalik murabbiy 2026 yilning yozida, klubdagi o‘n yillik faoliyatidan so‘ng ketishga qaror qilgani haqidagi xabarlar kundan-kunga ko‘paymoqda.

Britaniyaning The Telegraph nashri ma’lum qilishicha, Gvardiola o‘z qarorini mart oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida rahbariyatga bildirishi kerak edi. Biroq kutilgan uchrashuv amalga oshmadi va rasmiy bayonot berilmadi. 55 yoshli murabbiy joriy mavsum yakuniga qadar yakuniy qarorini aytishini bildirgan. Gvardiola may oyida ikki masalaga oydinlik kiritib olmoqchi: amaldagi tarkib uning falsafasini hali ham maydonda aks ettira oladimi va o‘zida Premyer Liganing yuqori tempida ishlash uchun kuch-quvvat yetarlimi?

Klub rahbariyati esa voqealar rivoji qanday yakunlanishini kutmoqchi emas. Ular Gvardiolaning ehtimoliy ketishi munosabati bilan allaqachon nomzodlar ro‘yxati ham shakllantirilgan. Asosiy da’vogarlar qatorida “Manchester Siti” afsonasi, hozirda “Bavariya”ni boshqarayotgan Vinsent Kompani hamda Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann nomi tilga olinmoqda. Klub mutasaddilari Gvardiola 2016 yildan buyon shakllantirgan o‘ziga xos futbol falsafasini davom ettira oladigan va jamoani keskin o‘zgarishlarsiz qabul qilib oladigan voris qidirmoqda.

Mish-mishlarning kuchayishiga jamoaning joriy mavsumdagi natijalari ham sabab bo‘ldi. “Shaharliklar” ketma-ket ikkinchi yil Premyer Liga chempionligini boy berish mumkin, Chempionlar Ligasini esa chorak final bosqichida tark etishdi. Angliya Kubogida “Liverpul” ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g‘alaba muxlislar uchun bir oz taskin bo‘lgan bo‘lsa-da, bu Pepning ketishi borasidagi xavotirlarni butunlay aritgani yo‘q.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:55, 07.04.2026.
O'qildi: 727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик