Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Nunyes «Al-Hilol»ni tark etib, A Seriyaga yo‘l olishi mumkin

Nunyes «Al-Hilol»ni tark etib, A Seriyaga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi ayni damda Saudiyaning «Al-Hilol» jamoasida to‘p surayotgan urugvaylik hujumchi Darvin Nunyesni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Janluka Di Marsio o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berishicha, 26 yoshli forvard Dushan Vlaxovichga munosib raqobatchi qidirayotgan «Yuventus» uchun ustuvor maqsadga aylangan.

Nunyes 2025 yilning yozida «Liverpul»dan «Al-Hilol»ga 53 million yevro evaziga o‘tgan edi. Ushbu klubdagi faoliyati davomida u 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Biroq, jamoaga hujumchi Karim Benzema kelib qo‘shilganidan so‘ng, o‘yin amaliyotining kamayishi va asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgani urugvaylik futbolchini klubini o‘zgartirish haqida o‘ylashga majbur qildi.

Nunyesning «Al-Hilol» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati hozirda 25 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:18, 07.04.2026.
O'qildi: 1176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик