Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Flik "Atletiko"ning kuchli jihatlarini sanadi

Flik "Atletiko"ning kuchli jihatlarini sanadi

Baho:
+ | -

"Barselona" - "Atletiko" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Xans-Diter Flikka jamoalarning hozirgi holati haqida savol berildi.

— Biz aprel oyidamiz, mavsumning katta qismini ortda qoldirdingiz va "Atletiko" bilan ko‘plab to‘qnashuvlarni o‘tkazdingiz. Hozirgi pley-off bahsi oldidan "Barselona" kuchliroq deb ayta olasizmi? U Atletiko" ko‘ra kuchliroq jamoami?

— "Atletiko" — qiyin raqib. Ularda to‘g‘ri mentalitet, yuqori intensivlik, tezkor va maydonda o‘z mahoratiga ega futbolchilar bor.

Buni shanba kuni ham ko‘rdingiz, garchi ular ko‘plab futbolchilariga dam berishgan bo‘lsa-da, sifat darajasi baribir juda yuqori edi. Ular himoyalanishni yaxshi ko‘rishadi va jamoaviy (zich) himoyada juda mahoratli. Atletiko darvozasiga ikkita gol urish oson ish emas.

O‘yin hissiyotlarga boy bo‘ladi, ayniqsa bu ikki o‘yindan iborat qarshilik ekanini hisobga olsak. Biz ertaga yaxshi natija qayd etish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz, lekin u yerda ham (javob bahsida) o‘ynashimiz kerakligini bilamiz.

Lekin men hayajondaman, chunki bu ijobiy holat. Biz "Nyukasl"ni mag‘lub etganimiz va bunga loyiq bo‘lganimiz uchun ham shu bosqichdamiz. Biz davom etishni, olg‘a intilishni va aytganimdek, maqsadimizga erishishni xohlaymiz", - dedi Flik.

Kiritildi: 17:04, 07.04.2026.
O'qildi: 955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик