Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 0-0 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 2-0 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 0-0 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Rosenyor: "Men manman emasman, shunchaki o‘z ishimning ustasiman"

Rosenyor: "Men manman emasman, shunchaki o‘z ishimning ustasiman"

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenyor o‘z faoliyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men manman emasman, men o‘z qilayotgan ishimni yaxshi bilaman. Vaqtinchalik murabbiy, yordamchi yoki bosh murabbiy bo‘lib ishlagan barcha joylarimda, qaysi guruh bilan ishlashimdan qat’i nazar, muvaffaqiyatga erishganman. Shu sababli doim "Chelsi" kabi klubda ishlashni istaganman. Gap faqat bu yerda bo‘lishda emas, balki muvaffaqiyat qozonishda. Bu men uchun faqat boshlanishi, men bor kuchimni beraman.

Hech kim g‘alaba yoki muvaffaqiyatga kafolat bera olmaydi, lekin shu bilan birga, men muvaffaqiyat qozonishim mumkin bo‘lgan mavqega erishish uchun uzoq va qattiq mehnat qildim. Men juda diqqatliman va ko‘pchilikning gap-so‘zlari meni chalg‘itmaydi. Ushbu lavozimni egallashdan oldin "Chelsi" rahbariyati bilan uchrashganman va bu yerda nima qilishim kerakligini aniq bilaman.

Shuning uchun, agar "Chelsi" muxlislariga biror gap aytganimda, shunday degan bo‘lardim: sabrli bo‘ling va umidni yo‘qotmang, chunki men jamoam bilan Yevropaning eng kuchli klublari qatoridan mustahkam o‘rin olish uchun tinimsiz ishlayapman", — dedi Rosenyor matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Liam Rosenyor shu yilning yanvar oyida "Chelsi" boshqaruviga kelgan edi. U bu lavozimda Enso Mareskaning o‘rnini egalladi.

Kiritildi: 21:58, 07.04.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик