Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng «Bavariya» «Real»ni mag‘lub etmoqda — 1:0.
Uchrashuvning 41-daqiqasida Luis Dias hisobni ochdi.
36-daqiqada esa «Real» yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni sariq kartochka bilan jazolandi. Shu tariqa, fransiyalik futbolchi 15 aprel kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadigan javob bahsini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.













