Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Isak og‘ir jarohatdan so‘ng «PSJ»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritildi

Isak og‘ir jarohatdan so‘ng «PSJ»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Aleksander Isak Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi kechadigan ilk o‘yin qaydnomasidan joy oldi, deb xabar bermoqda mersisaydliklar matbuot xizmati.

Uchrashuv chorshanba, 8 aprel kuni Parijda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 20 dekabr kuni Angliya chempionati 17-turidan o‘rin olgan «Tottenxem»ga qarshi bahsda (2:1) Isak jarohat olib, maydonni tibbiyot xodimlari yordamida tark etgan edi. Keyinchalik futbolchining kichik boldir suyagi singani ma’lum bo‘lgandi.

Isak «Liverpul» safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi. U 1 sentyabr kuni «Nyukasl»dan 145 million yevro evaziga jamoa safiga kelib qo‘shilgan edi.

Kiritildi: 01:01, 08.04.2026.
O'qildi: 1180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик