Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Real" Lucheskuning vafotiga munosabat bildirdi

"Real" Lucheskuning vafotiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi mashhur ruminiyalik murabbiy Mircha Lucheskuning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Mutaxassis seshanba kuni, 80 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

"Biz Mircha Lucheskuning vafotidan chuqur qayg‘udamiz. 'Real' uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi. Oxiratingiz obod bo‘lsin", — deyiladi "qirollik klubi" matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda.

Luchesku Rossiya chempionatida Sankt-Peterburgning "Zenit" klubidagi faoliyati bilan tanilgan. Bundan tashqari, u Milanning "Inter", Turkiyaning "Beshiktosh" va "Galatasaroy", Doneskning "Shaxtyor" hamda Kiyevning "Dinamo" kabi klublarini boshqargan. Shuningdek, u Turkiya va Ruminiya milliy terma jamoalariga ham rahbarlik qilgan.

Kiritildi: 14:49, 08.04.2026.
O'qildi: 981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик