Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Fernandesh: «Meni Ronaldu bilan solishtirmang — bunga hech kim loyiq emas»

Fernandesh: «Meni Ronaldu bilan solishtirmang — bunga hech kim loyiq emas»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh o‘zini hamyurti Krishtianu Ronaldu bilan solishtirishlarini noo‘rin deb hisoblaydi.

Portugaliyalik yarim himoyachi bir necha yildan beri «qizil iblislar»ning so‘zsiz yetakchisi sanaladi, biroq klubning sobiq yulduzi Ronaldu bilan o‘zaro parallellar o‘tkazilishi 31 yoshli futbolchiga ortiqchadek tuyulmoqda.

«Meni Krishtianu bilan solishtirmang — dunyodagi biror bir inson bunga loyiq emas. Ronaldu bilan qiyoslash mumkin bo‘lgan yagona inson — bu Messi. Bu ikkisining yonida hech kim tura olmaydi. Ularda alohida sport turi, o‘z o‘yinlari bor, qolgan barchamiz esa shunchaki chetdan turib ularning o‘yinidan zavq olishimiz kerak», — deya Fernandeshning so‘zlarini keltirmoqda Al Nassr Zone.

Krishtianu Ronaldu 2022 yilda «Manchester Yunayted»ni tark etgan edi. 2023 yil boshidan beri hujumchi Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida to‘p surmoqda.

Kiritildi: 11:17, 10.04.2026.
O'qildi: 1205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик