Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Liverpul»ning 17 yoshli qahramoni «PSJ»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

«Liverpul»ning 17 yoshli qahramoni «PSJ»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot 17 yoshli hujumchi Rio Ngumohaning Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushish ehtimoli pastligiga shama qildi.

Kuni kecha Ngumoxa asosiy tarkibda debyut qildi va APL 32-turidan o‘rin olgan «Fulxem»ga qarshi o‘yinda hisobni ochuvchi gol muallifiga aylandi.

«Umuman olganda, seshanba kungi bahsni aytmasak ham, 17 yoshli futbolchi olti kun ichida uchta o‘yinda qatnasha oladi deb kutish biroz reallikdan uzoq yondashuvdir. Ayniqsa, Parijda bo‘lgan va u yerdagi keskin muhitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlar uchun», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda mersisaydliklar klub matbuot xizmati.

Uchrashuv «Liverpul»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Tanaffusga qadar Muhammad Saloh mezbonlarning ustunligini mustahkamlovchi golni kiritdi.

32 ta o‘yindan so‘ng «Liverpul» turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi va hozircha Chempionlar ligasi zonasidan tashqarida qolmoqda.

Kiritildi: 10:44, 12.04.2026.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик