Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Chelsi» himoyachisi mavsum yakuni oldidan jamoadoshlarini jipslashishga chaqirdi

«Chelsi» himoyachisi mavsum yakuni oldidan jamoadoshlarini jipslashishga chaqirdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» himoyachisi Yorrel Xato jamoaning joriy mavsumdagi natijalari haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Ko‘klar» Premyer-liganing 32 turidan so‘ng turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Yakshanba kuni Liam Rosenyor shogirdlari o‘z maydonida «Manchester Siti»dan qaqshatqich mag‘lubiyatni (0:3) qabul qilib oldi.

«Biz bunday darajadagi klub uchun yetarlicha yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapmiz. Bunday holat yuz bermasligi kerak, biz Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishimiz shart. O‘sishga erishishimiz lozim — ikkinchi bo‘lim muvaffaqiyatsiz chiqdi. Sababi nimada ekanligini bilmayman.

Bizda hali Chempionlar ligasiga chiqish uchun imkoniyat bor. Oldinda oltita o‘yin kutib turibdi. Ushbu mag‘lubiyatni unutib, oldinga intilishimiz kerak», — dedi Xato Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Kelasi shanba, 18 aprel kuni «Chelsi» o‘z uyida «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 11:13, 13.04.2026.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик