Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida "Chelsi"dan ko‘ra ko‘proq faqat bitta klubni mag‘lub etgan

Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida "Chelsi"dan ko‘ra ko‘proq faqat bitta klubni mag‘lub etgan

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining 32-turi doirasida «Chelsi»ni 3:0 hisobida tor-mor etdi. Shu tariqa, ispaniyalik mutaxassis o‘z murabbiylik faoliyati davomida 18-bor «ko‘klar» ustidan g‘alaba qozondi.

Qayd etish joizki, Gvardiola faoliyati davomida faqat bitta klubni bundan ham ko‘p marotaba mag‘lub etgan. Bu Londonning «Arsenal» klubidir. Ispaniyalik mutaxassis «kanonirlar» ustidan 21 marta zafar quchgan. Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» APLning 33-turi doirasida aynan «to‘pchilar» bilan 19 aprel kuni bahs olib boradi.

Hozirda «shaharliklar» 64 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda «Arsenal»dan (70 ochko) olti ochkoga ortda qolmoqda. «Ko‘klar» esa 48 ochko bilan APL jadvalida oltinchi pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 13:56, 13.04.2026.
O'qildi: 1129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик