Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

16 yoshli vunderkind APL klublarining yarmini qiziqtirib qo‘ydi

16 yoshli vunderkind APL klublarining yarmini qiziqtirib qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Lester Siti»ning yosh vingeri Jeremi Mongaga Angliya Premyer-ligasining bir yo‘la bir nechta top-klublari qiziqish bildirmoqda.

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, Angliya chempionati jamoalarining qariyb yarmi 16 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Asosiy da’vogarlar qatorida «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Manchester Siti» nomlari tilga olinmoqda — ushbu klublar rasmiy taklif yuborishga tayyor.

Monga allaqachon tarixga kirishga ulgurdi: u 15 yosh-u 271 kunligida maydonga tushib, Premyer-liga debyutantlari orasida ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. «Lester»ning Chempionshipdan tushib ketish xavfi ostida turgani sababli, uning kelajagiga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.

Qayd etilishicha, futbolchi atrofidagi vaziyatni, shuningdek, «Liverpul», «Tottenxem», «Nyukasl», «Aston Villa», «Brayton» va «Brentford» klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Kiritildi: 16:34, 13.04.2026.
O'qildi: 967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик