"Andijon" matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan Superliga 7-turidan o‘rin olgan OKMKga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng iste’foga chiqqanini e’lon qildi.
Klubning xabariga ko‘ra, 54 yoshli mutaxassis o‘z istagi bilan ishdan bo‘shagan. Uning 2027 yil oxirigacha bo‘lgan shartnomasi tugatilgan. Jamoa unga tovon puli to‘lamaydi.
Hozirda "Andijon" Superligada 6 ochko bilan 12-o‘rinda ketmoqda.













