Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Brunu Fernandesh: «Qoidalar hamma uchun har xil talqin qilinadi»

Brunu Fernandesh: «Qoidalar hamma uchun har xil talqin qilinadi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh APL 32-turi doirasidagi «Lids»ga qarshi o‘yinda (1:2) himoyachi Lisandro Martinesning chetlatilishiga munosabat bildirdi. Argentinalik futbolchi «Lids» hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuinning sochidan tortgani uchun maydondan haydalgan edi. Bundan tashqari, portugaliyalik yarim himoyachi uchrashuv bosh hakami Pol Tirnining boshqa qarorlaridan ham norozi bo‘ldi.

«Agar hakam haqida gapirishni boshlasam, katta muammolarga duch kelaman. Bu haqda gapirishni istamayman, chunki qoidalar hamma uchun har xil va ular turlicha talqin qilinadi. Ko‘rsatilgan sariq kartochkalardagi farq ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Shunday ekan, menga shunchaki sukut saqlagan ma’qul», — deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Navbatdagi turda «Manchester Yunayted» «Chelsi» bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 07:11, 14.04.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик