Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Robben: «Bavariya»ning ko‘p yillik hukmronligi haqida gapirishga hali erta»

Robben: «Bavariya»ning ko‘p yillik hukmronligi haqida gapirishga hali erta»

Baho:
+ | -

«Bavariya» va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Aryen Robben Myunxen klubining hozirgi vaziyatini jamoa Bundesliga, Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasida zafar quchgan 2012/2013 yilgi mavsum bilan solishtirish mumkinmi, degan savolga javob berdi.

«Bu ikki davr o‘rtasida parallel o‘tkazish qiyin. Oradan 13 yil o‘tdi, futbol evolyusiyani boshdan kechirdi, ayniqsa jismoniy va boshqa jihatlardan. O‘shanda biz bir necha yil davomida nafaqat Germaniyada, balki Yevropada ham hukmronlik qilganmiz, Chempionlar Ligasi finallari va yarim finallariga muntazam chiqqanmiz.

Biz YECHLda bir marta g‘alaba qozonganmiz, lekin menimcha, yana kamida bir yoki ikki marta g‘olib bo‘lishimiz mumkin edi. O‘shanda juda ajoyib jamoa bo‘lganmiz, ko‘pchilik futbolchilar hozirgacha aloqani uzishmagan. Jamoada klubni ich-ichidan biladigan asosiy o‘zak bor edi — „Mia san mia“ ruhi, „Bavariya“ uchun o‘ynash hissi. Bu xuddi oiladek gap. Klubda nimadir qurmoqchi bo‘lsangiz, eng muhimi shu deb o‘ylayman. Hozirgi jamoada ham men buni ko‘ryapman», — dedi Robben.

Afsonaviy vinger «Bavariya»ning joriy mavsumdagi imkoniyatlariga ham to‘xtalib o‘tdi:

«Ko‘p yillik hukmronlik haqida gapirishga hali erta, lekin hech bo‘lmaganda shu mavsumda jamoa buni uddalayapti deb o‘ylayman. Men bir nechta do‘stlarimga ham aytdim — biz doim futbol haqida gaplashamiz — men uchun „Bavariya“ Chempionlar Ligasining asosiy favoriti. Gap ularning qanday o‘ynayotganida. Bu haqiqatda hayratlanarli.

Bir necha oy oldin stadionda „Bryugge“ga qarshi o‘yinni ko‘rganimdayoq hamma narsa aniq tashkil etilgani va ideal darajada bir-biriga mos tushganini payqagandim», — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 20:14, 14.04.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик