Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

«Andijon»ga vaqtincha bosh murabbiy tayinlandi

«Andijon»ga vaqtincha bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

Bugun «Andijon» klubi qarorgohida rahbariyat va jamoa a’zolari o‘rtasida kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, mahalliy mutaxassis Islom Ahmedov vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi. Bungacha u murabbiylar shtabida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Islom Ahmedov 1986 yilning 8 iyul sanasida tavallud topgan. Andijon futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi sifatida «UzDongJu», «Dinamo» (Samarqand), «So‘g‘diyona» va albatta «Andijon» sharafini himoya qilgan.

Murabbiy sifatida Andijon futbol akademiyasida ko‘p yillar davomida samarali ish olib borgan.

Shuningdek, jamoa murabbiylar shtabida Ahmedovga Sergey Arslonov yaqindan yordam beradi. U 1986 yilning 6 noyabr sanasida tavallud topgan bo‘lib, o‘yinchilik faoliyatini «Mash’al», «Sho‘rtan», «UzDongJu» kabi klublarda o‘tkazgan. Shuningdek, «Paxtakor», «Kuban» (Rossiya) va «Dinamo» (Kiyev, Ukraina) akademiyalarida tahsil olgan. Murabbiy sifatida Qirg‘izistonning «Dordoy» klubini boshqargan. Shuningdek, yurtimizda «Surxon», «Neftchi» hamda «So‘g‘diyona» jamoalarida faoliyat olib borgan. Endilikda esa «Andijon»da katta murabbiy lavozimida ishlaydi.

Bundan tashqari, darvozabonlar murabbiyi sifatida bungacha U21 jamoamizda mehnat qilib kelayotgan Bekzod Turgunov ish olib boradi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:00, 14.04.2026.
O'qildi: 2467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик