Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

"Napoli" Lukakuga nisbatan keskin choralar ko‘radi

"Napoli" Lukakuga nisbatan keskin choralar ko‘radi

Baho:
+ | -

«Napoli» klubi hujumchi Romelu Lukakuni mashg‘ulotlardan va asosiy tarkib o‘yinlaridan chetlatishni rejalashtirmoqda.

Hujumchi haligacha Belgiyadan qaytgani yo‘q. U chanoq-son bo‘g‘imidagi yallig‘lanishni davolash uchun o‘z vatanida qolishga qaror qilgan edi. Neapolliklar klub rahbariyatining ta’kidlashicha, futbolchi baribir klub qarorgohiga yetib kelishi shart.

Klub boshliqlari Lukakuga rahbariyat va murabbiylar shtabiga vaziyatni tushuntirib berish imkoniyatini taqdim etmoqchi. Biroq, agar bu amalga oshmasa yoki uning tushuntirishlari klubni qoniqtirmasa, Lukaku jamoadan chetlatiladi.

2025/2026 yilgi mavsumda belgiyalik futbolchi barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i yettita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. 32 yoshli o‘yinchining bozor qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 12:45, 15.04.2026.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик