Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Mbappe Messidan o‘zib ketdi

Mbappe Messidan o‘zib ketdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvida o‘z mahoratini namoyish etdi.

27 yoshli fransuz 42-daqiqada Vinisiusning uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu gol Mbappe uchun Chempionlar ligasining 2025/26 yilgi mavsumidagi 15-gol bo‘ldi. Shu tariqa, u argentinalik Lionel Messining turnir tarixida bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha ko‘rsatkichini yangilab o‘tdi.

Kilianning oldida faqat Krishtianu Ronalduning rekordlari qoldi. Eslatib o‘tamiz, mutlaq rekord portugaliyalik yulduzga tegishli bo‘lib, u 2013/14 yilgi mavsumda «Real» safida 17 ta gol urgan. Shuningdek, Ronaldu 2015/16 yilgi mavsumda 16 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Kilian Mbappe 2024 yildan buyon Madrid klubi sharafini himoya qilib kelmoqda, ungacha esa u «PSJ» safida to‘p surgan.

Kiritildi: 02:27, 16.04.2026.
O'qildi: 466 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик