Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya 4-0 Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya 0-0 Eron
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston

Luis Dias: «Bu bizning imkoniyatimiz edi»

Luis Dias: «Bu bizning imkoniyatimiz edi»

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Bavariya» — «Real» uchrashuvi qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tishi mumkin edi. Biroq, Eduardo Kamavinganing maydondan chetlatilishi hamma narsani o‘zgartirib yubordi: shundan so‘ng myunxenliklar ikkita gol urib, 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yindan so‘ng «Bavariya»ning uchinchi goli muallifiga aylangan vinger Luis Dias o‘z fikrlarini bildirdi:

«Menimcha, Kamavinga chetlatilgunga qadar ham biz to‘pni yaxshiroq harakatlantirayotgan edik va vaziyatlar yaratayotgandik. «Real» — katta jamoa va bunday o‘yinlar uchun juda mos. Fikrimcha, ular yaxshi o‘yin o‘tkazishdi. Qachonki Kamavinga chetlatilganida, biz o‘zimizga: «Bu bizning lahzamiz, bizning imkoniyatimiz», dedik», — dedi Dias intervyuda.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi yarim finalida «Bavariya» «PSJ» jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 04:34, 16.04.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик