Madridning «Real» klubi a’zolari joriy mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida jami 5 ta qizil kartochka olishdi.
Bugun Madrid jamoasi 1/4 final javob bahsida «Bavariya»ga imkoniyatni boy berdi (3:4, birinchi o‘yin – 1:2) va musobaqa bilan xayrlashdi. Ushbu uchrashuvning o‘zida «qaymoqranglilar»ning ikki futbolchisi maydondan chetlatildi:
Eduardo Kamavinga – Xarri Keynga ishlatilgan foldan so‘ng to‘pni raqibga bermagani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi.
Arda Gyuler – yakuniy hushtaqdan keyin hakam bilan bahslashgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Bundan avvalroq, umumiy bosqich doirasidagi «Marsel»ga qarshi o‘yinda (2:1) Daniel Karvaxal, «Benfika» bilan bahsda (2:4) esa Raul Asensio va Rodrigo maydondan chetlatilgan edi.
Beshta chetlatish — bu joriy mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan barcha jamoalar orasidagi eng yuqori (salbiy) ko‘rsatkichdir. Ko‘rinib turibdiki, Madrid klubi nafaqat natija borasida, balki intizom masalasida ham jiddiy muammolarga duch kelgan.













