Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Kompani "Real" ustidan qozonilgan g‘alabani "Anderlext" va "Byornli" boshchiligidagi o‘yinlar bilan taqqosladi

Kompani "Real" ustidan qozonilgan g‘alabani "Anderlext" va "Byornli" boshchiligidagi o‘yinlar bilan taqqosladi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi chorak finalining javob o‘yinida «Real» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

Myunxenliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (2:1, 4:3) yarim finalga yo‘l olishdi.

«Aytish qiyin, lekin Belgiyada «Anderlext»ni boshqarib, «Standard»ni mag‘lub etganingda… Bu doim juda hissiyotlarga boy o‘yin bo‘ladi. Menimcha, hozirgi hissiyotlarim undan u qadar farq qilmaydi.

«Byornli» bilan «Blekbern»ni ikki marta mag‘lub etganimiz yodimda. Bu yerda hech kim o‘sha o‘yinni hozirgisi bilan solishtirishni istamasa kerak… Lekin bu aql bovar qilmas edi.

Men buni futbolchi sifatida ham boshdan kechirganman. «Bavariya» uchun bu ajoyib tuyg‘u, garchi «Real Madrid» hozir xuddi shunday narsani his qilmayotganiga ishonchim komil bo‘lsa-da», – dedi Kompani o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Belgiyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatini 2019 yilda «Anderlext»da o‘ynaydigan murabbiy sifatida boshlagan. «Bernli» boshqaruvida esa Kompani Chempionship g‘olibligini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 16:55, 16.04.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик