Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Unai Emeri yettinchi bor Yevropa ligasi yarim finalida

Unai Emeri yettinchi bor Yevropa ligasi yarim finalida

Baho:
+ | -

Unai Emeri murabbiylik faoliyatida yettinchi bor Yevropa Ligasi yarim finalida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Bugun ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostidagi «Aston Villa» turnirning 1/4 final javob uchrashuvida «Bolonya»ni tor-mor keltirdi (4:0, birinchi o‘yin – 3:1). Bungacha Emeri boshqargan klublar ushbu musobaqaning yarim finaliga 6 marta chiqishgan edi.

2012 yilda Emeri boshqaruvidagi «Valensiya» ushbu bosqichda «Atletiko»ga imkoniyatni boy bergan (2:4, 0:1). Bu Unai jamoasi Yevropa Ligasi yarim finaliga qadar yetib borib, keyingi bosqichga o‘ta olmagan yagona holatdir.

2014 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda «Sevilya» Emeri boshchiligida ketma-ket uch marta kubok sohibiga aylangan.

2019 yilda Unai boshqaruvidagi «Arsenal» finalga chiqib, u yerda «Chelsi»ga mag‘lub bo‘lgan (1:4). 2021 yilda esa Emeri «Vilyarreal» bilan Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi.

Yarim finalda «Aston Villa» «Nottingem Forest» jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 08:55, 17.04.2026.
O'qildi: 1142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик