Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Milan» yetakchilaridan biri: «Yomon kunlar ortda qoldi»

«Milan» yetakchilaridan biri: «Yomon kunlar ortda qoldi»

Baho:
+ | -

«Milan» klubining ingliz yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHik jarohatidan so‘ng safga qaytdi va allaqachon maydonga tushishga ulgurdi. U bergan intervyusida yaqin kelajak borasidagi optimistik fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Loftus-CHik 22 fevral kuni «Parma» darvozaboni Edoardo Korvi bilan to‘qnashib ketib, safdan chiqqan edi.

«Bunday holatlar o‘yin vaqtida sodir bo‘lib turadi. Korvi ikkalamiz to‘p uchun kurashdik, har ikkimiz ham unga ega chiqmoqchi edik. O‘yindan keyin u menga xabar yozib, uzr so‘radi. Men esa muammo yo‘qligini va bu futbolda bo‘lib turishini aytib javob qaytardim. Yomon kunlar ortda qoldi», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Hozirda «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 11:35, 18.04.2026.
O'qildi: 447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик