Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Retegi uchun mavsum tugadi

Retegi uchun mavsum tugadi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» klubida to‘p surayotgan italiyalik hujumchi Mateo Retegi jiddiy jarohat olib, joriy mavsumdagi ishtirokini yakunladi. Gap chap son kalta boldir suyagining sinishi haqida bormoqda.

Endi futbolchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi — dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, operasiya Ispaniya poytaxti Madridda bo‘lib o‘tadi. Klub esa Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun juda muhim bo‘lgan Saudiya Arabistoni chempionatining so‘nggi turlarida usiz o‘ynashga majbur. Shu tariqa, «Atalanta»ning sobiq a’zosi mavsumni 31 ta o‘yinda urilgan 19 ta gol bilan yakunladi, deb aniqlik kiritmoqda derbyderbyderby.it.

Kiritildi: 11:56, 18.04.2026.
O'qildi: 539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик