Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shevchenko: "Agar rossiyaliklar qaytsa..."

Shevchenko: "Agar rossiyaliklar qaytsa..."

Baho:
+1 | -

O‘tmishning mashhur futbolchisi Andrey Shevchenko hozirda Ukraina futbol assosiasiyasi (UFA) prezidenti sifatida faoliyat yuritmoqda. Shevchenkoning so‘zlariga ko‘ra, u FIFA prezidenti Janni Infantino bilan suhbatlashgan va undan Rossiyaga qo‘yilgan futbol sanksiyalarini olib tashlash masalasi hozirda ko‘rib chiqilmayotganini bilib olgan.

Shu bilan birga, Shevchenko qachondir Rossiya jamoalari rasmiy musobaqalarga qaytishi mumkinligini istisno etmadi.

«Agar rossiyaliklar qaytadigan bo‘lsa — bizda harakatlar rejasi bor, lekin keling, shoshilmaylik. Agar bizga nimadir tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelsa, unda harakat qilamiz», — deya Shevchenkoning so‘zlarini keltiradi «Chempion» nashri.

Ma’lumki, UEFA va FIFA Rossiya futbol ittifoqiga (RFI) nisbatan to‘rt yildan ko‘proq vaqt oldin sanksiyalar joriy qilgan edi. Ko‘rinishidan, yaqin kelajakda bu sanksiyalar bekor qilinmaydi. Rossiya terma jamoasi hozirda faqat o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish bilan cheklanmoqda.

Kiritildi: 12:31, 18.04.2026.
O'qildi: 1301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик