Kirish Ro'yxatdan o'tish

Levandovskining agenti «Yuventus» rahbariyati bilan uchrashadi

Levandovskining agenti «Yuventus» rahbariyati bilan uchrashadi

Baho:
+ | -

So‘nggi haftalarda Robert Levandovskining ismi Italiya A Seriyasining top-klublari bilan bog‘lanmoqda. La Gazzetta dello Sport nashri hujumchining kelajagi haqida maqola e’lon qildi.

Unda aytilishicha, polshalik futbolchining agenti Italiyaga yo‘l olmoqda va u yerda «Yuventus» rahbariyati bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 37 yoshli Levandovskiga Italiya chempionatining boshqa bir grandi — «Milan» ham qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olish «Yuventus» uchun jozibador variant hisoblanadi. Shu bilan birga, Turin klubi shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga yetadigan Dushan Vlaxovichning taqdiri bo‘yicha bir qarorga kelishi kerak. Serbiyalik hujumchi jamoada qolishni istaydi, biroq klub shartnomani uzaytirish uchun haddan tashqari katta xarajatlarga qo‘l urmoqchi emas.

Kiritildi: 13:08, 19.04.2026.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик