Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

«PSJ» o‘yinlariga soxta chipta sotgan jinoiy guruh fosh etildi

«PSJ» o‘yinlariga soxta chipta sotgan jinoiy guruh fosh etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Parijda «PSJ» o‘yinlari uchun chiptalarni qalbakilashtirish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh fosh etildi. Le Parisien nashrining xabar berishicha, firibgarlik harakatlari natijasida 2000 ga yaqin muxlis jabr ko‘rgan, umumiy zarar miqdori esa 40 ming yevroni tashkil etgan. Mart oyi boshida Parij kiberpolisiyasi (BL2C) ikki yil davomida amal qilib kelgan keng ko‘lamli aldov sxemasini aniqladi va tergovni yakunladi.

Asosiy gumonlanuvchi 22 yoshli Ainis D. ismli shaxs bo‘lib chiqdi. Yigit ijtimoiy tarmoqlar orqali «PSJ»ning ham «Park de Prens»dagi uy uchrashuvlariga, ham safar o‘yinlariga soxta chiptalar sotish tizimini yaratgan. Ikki yil ichida uning akkaunti sotuvchiga ishongan 13 mingdan ortiq obunachilarni to‘plashga ulgurgan.

Jinoiy faoliyat 28 yanvar kuni «PSJ» rahbariyati polisiyaga rasmiy ariza bilan murojaat qilganidan so‘ng to‘xtatildi. So‘roq paytida Ainis D. o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Unga nisbatan firibgarlik, qalbaki hujjatlardan foydalanish va pul yuvish ayblovlari qo‘yilgan.

Kiritildi: 13:48, 19.04.2026.
O'qildi: 454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик