Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Lorenso Insinye Italiyaga qaytdi

Lorenso Insinye Italiyaga qaytdi

Baho:
+ | -

Italiyalik hujumchi, sobiq Yevropa chempioni Lorenso Insinye o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan yangi jamoa topdi — u «Peskara» klubiga qo‘shildi. Adriatika sohili jamoasi Insinye yordamida Italiya ikkinchi divizioni (B Seriya)dagi o‘rnini saqlab qolishdan umidvor.

Agar jamoa o‘z maqsadiga erishsa, Lorenso keyingi mavsumda ham shu yerda qolishga tayyor — futbolchi va klub rahbariyati o‘rtasida shunday kelishuv mavjud.

«Men prezidentga so‘z berdim — agar B Seriyada qolsak, men ham qolaman. "Peskara" — mening ikkinchi uyim. Bu klub bilan alohida munosabatlarim bor. Oilamga ham bu yer juda yoqadi», — deya Insinyening so‘zlarini keltirmoqda derby.it.

Eslatib o‘tamiz, Insinye yaqin vaqtgacha Kanada chempionatida to‘p surayotgan edi.

Kiritildi: 08:53, 20.04.2026.
O'qildi: 617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик