Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Nevill: «Nyukasl» bilan o‘yin «Arsenal» uchun jiddiy xavf tug‘diradi»

Nevill: «Nyukasl» bilan o‘yin «Arsenal» uchun jiddiy xavf tug‘diradi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, taniqli sobiq himoyachi Gari Nevill «Arsenal»ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«Kanonirlar» yakshanba kuni «Etixad»da bo‘lib o‘tgan o‘zaro to‘qnashuvda «shaharliklar»ga imkoniyatni boy berishdi (1:2).

Londonliklar hamon peshqadamlik qilishmoqda, biroq endi «Siti» bilan oradagi farq bor-yo‘g‘i uch ochkoni tashkil etmoqda, vaholanki Xosep Gvardiola shogirdlari ixtiyorida yana bitta zaxira o‘yini mavjud.

«Menimcha, kelasi shanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Nyukasl»ga qarshi bahs «Arsenal» uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Bugun jamoa yaxshi o‘ynadi. Ular «Etixad»ga kelib, shunchaki qarab tura olmasdilar va bunday qilishmadi ham. Ammo «Emireyts»dagi asabiy muhit... Agar «Arsenal» «Nyukasl» bilan o‘yinni yaxshi boshlay olmasa yoki «Nyukasl» tezkor gol ursa, ochko yo‘qotilishi ehtimoli juda yuqori», — dedi Nevill Sky Sports efirida «chempionlik kurashi» yakunlarini muhokama qilar ekan.

Kiritildi: 13:16, 20.04.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик