Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Muhammad Saloh «Liverpul»dan ketishi haqida xayrlashuv bayonotini e’lon qildi

Muhammad Saloh «Liverpul»dan ketishi haqida xayrlashuv bayonotini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh mavsum yakunida klubni tark etishi borasida ilk bor rasmiy bayonot berdi.

«Afsuski, o‘sha kun yetib keldi. Bu mening xayrlashuvimning birinchi qismi: mavsum oxirida «Liverpul»ni tark etaman. Avvalo shuni aytishim kerakki, ushbu klub, shahar va odamlar hayotimga qanchalik chuqur kirib borishini hech qachon tasavvur qila olmagandim. «Liverpul» shunchaki futbol klubi emas. Bu ehtiros, tarix va shu oilaning bir bo‘lagiga aylanmagan insonga ta’riflab berib bo‘lmaydigan o‘ziga xos ruhiyatdir.

Biz birgalikda g‘alabalarni nishonladik, eng muhim sovrinlarni qo‘lga kiritdik va eng og‘ir damlarda bir-birimizni qo‘llab-quvvatladik. Klubdagi faoliyatim davomida yonimda bo‘lgan barchaga: hozirgi va sobiq jamoadoshlarimga hamda, albatta, bizning aql bovar qilmaydigan muxlislarimizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman...

Faoliyatimning eng yaxshi va eng murakkab lahzalarida ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashingiz uchun minnatdorchilik bildirishga so‘z ojiz. Bu xotiralar men bilan abadiy qoladi. Ketish oson emas. Siz menga hayotimdagi eng yorqin lahzalarni tuhfa etdingiz. Men doim sizlardan biri bo‘lib qolaman, bu klub esa men va oilam uchun hamisha o‘z uyimizdek bo‘lib qoladi. Hammasi uchun katta rahmat.

Siz borsiz-ki, men hech qachon yolg‘iz qolmayman (You'll Never Walk Alone)», — deya Salohning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

«Liverpul» Angliya Premyer-ligasining 33-turidan so‘ng 55 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Muhammad Saloh klub safida 2017 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, misrlik futbolchining hozirgi bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:35, 20.04.2026.
O'qildi: 862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик