Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

«Manchester Yunayted» Kazemiro o‘rniga Kamavinga transferini rejalashtirmoqda

«Manchester Yunayted» Kazemiro o‘rniga Kamavinga transferini rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi «Real» yarim himoyachisi Eduardu Kamavingaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

Angliya klubi 23 yoshli fransuz futbolchisini fevral oyida 34 yoshga to‘lgan braziliyalik tayanch yarim himoyachi Kazemironing o‘rniga munosib voris sifatida ko‘rmoqda. «Qizil iblislar» yozgi transfer oynasida Kamavingani sotib olishga urinadi. Bunga uning «Real»dagi noaniq holati ham sabab bo‘lmoqda.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Eduardu Kamavinganing bozor qiymati 50 million yevroga baholangan. Uning «Real» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Joriy mavsumda fransuz yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kazemiro esa ushbu mavsumda «Manchester Yunayted» safida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 22:20, 20.04.2026.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик