Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

«U sotilmaydi»: Espozitoning agenti APL klublariga rad javobini berdi

«U sotilmaydi»: Espozitoning agenti APL klublariga rad javobini berdi

Baho:
+ | -

Agent Mario Juffredi «Inter» hujumchisi Franchesko Espozitoga ingliz jamoalari tomonidan bo‘layotgan qiziqishlar haqida fikr bildirdi.

«Pio «Inter»da baxtli. Menimcha, futbolchi ham, jamoa ham keyingi o‘n yil davomida birga bo‘lishni istaydi. Agar klubning o‘zi xohlamasa, Pio Espozito uchun transfer bozori haqida o‘ylash na mening va na futbolchining rejalarida bor. Biz uchun Pioning transfer bozori boshlanmagan va hech qachon boshlanmaydi, chunki u sotilmaydi. U «neradzurrilar» safida qolishdan mamnun. O‘ylaymanki, bu mavsumda biz unga bo‘lgan barcha kutilmalarni oshig‘i bilan bajardik», — deya Juffredining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.

Espozito 20 yoshda. Italiyalik forvard 2025/26 yilgi mavsumda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Inter» bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:47, 21.04.2026.
O'qildi: 587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик