Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Merson: «Hech qaysi klub Enso Fernandes uchun 100 million funt to‘lamaydi»

Merson: «Hech qaysi klub Enso Fernandes uchun 100 million funt to‘lamaydi»

Baho:
+ | -

«Arsenal» klubi sobiq futbolchisi va ekspert Pol Merson «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi. Mersonning fikricha, argentinalik futbolchining transfer qiymati uning boshqa klubga o‘tishini deyarli imkonsiz qilib qo‘yadi.

«Men Enso Fernandesning «Chelsi»ni tark etishiga ishonmayman. U qayerga ham borardi? Hech kim u uchun 100 million funt sterling to‘lamaydi. «Chelsi» esa o‘z navbatida bu transferdan zarar ko‘rishga rozi bo‘lmaydi», — dedi Merson Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Enso Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan 121 million yevro evaziga sotib olingan edi. Joriy mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi londonliklar safida barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning «ko‘klar» bilan shartnomasi 2032 yilgacha imzolangan.

Kiritildi: 21:29, 21.04.2026.
O'qildi: 391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик