Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Gvardiola APLda chempionlik taqdirini nima hal qilishi mumkinligini aytdi

Gvardiola APLda chempionlik taqdirini nima hal qilishi mumkinligini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik uchun kechayotgan keskin kurash borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Shaharliklar»ning bevosita raqobatchi — «Arsenal» ustidan qozongan g‘alabasi (2:1) turnir jadvalidagi vaziyatni yanada tig‘izlashtirdi. Agar «Manchester Siti» bugun safarda «Byornli»ni mag‘lub etsa, ochkolar bo‘yicha londonliklarga yetib oladi.

O‘yindan oldingi matbuot anjumanida Gvardiola gollar o‘rtasidagi farq chempionlik taqdiriga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi:

«Hozirgi vaziyatda to‘plar nisbati muhimmi? Albatta. Bu hamma narsani hal qilishi mumkin. Lekin biz faqat ko‘proq gol urish haqida o‘ylamasligimiz kerak. Bu yerda muvozanat muhim — agar balansni yo‘qotsak, o‘z darvozamizdan ko‘p gol o‘tkazib yuboramiz», — dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, «Byornli» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 22 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (23 aprelga o‘tar kechasi) boshlanadi.

Avvalroq «Siti» yarim himoyachisi Niko Gonsales ham jamoadoshlarining kuchiga ishonishi va o‘z klubini APLning asosiy favoriti deb bilishini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 12:14, 22.04.2026.
O'qildi: 1345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик