Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

«Inter» Denzel Dyumfrisni arzon garovga boy berib qo‘yishdan xavotirda

«Inter» Denzel Dyumfrisni arzon garovga boy berib qo‘yishdan xavotirda

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi qanot himoyachisi Denzel Dyumfris kelayotgan yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda L’Interista nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. «Inter» rahbariyati Dyumfrisga yillik toza maoshi 5 million yevro bo‘lgan yangi shartnoma taklif qilgan, biroq futbolchi hozircha bunga javob qaytarmagan.

Milanliklar mutasaddilarini vaziyatning qaltisligi xavotirga solmoqda. Gap shundaki, futbolchining amaldagi shartnomasida tovon puli miqdori bor-yo‘g‘i 25 million yevro etib belgilangan. Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» va «Aston Villa» klublari allaqachon ushbu mablag‘ni to‘lab, futbolchini sotib olishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Ma’lumot uchun, Denzel Dyumfris joriy mavsumda barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:24, 22.04.2026.
O'qildi: 644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик